Rustam Abdullayev

Image 04

O'zbekiston Respublikasi san'at arbobi, Respublika Davlat mukofoti sovrindori, kompozitor Rustam Abdullayev zamonaviy o'zbek musiqa san'atining zabardast ijodkorlaridan biridir. Sharq va G'arb mumtoz musiqiy san'atlarining an'analari izidan borib, turli janr va shakllarda musiqiy asar yaratib, Vatanimiz musiqiy madaniya- tining rivojlanish jarayoniga samarali hissa qo'shib kel moqda. Rustam Abdullayev 1947-yil 12-fevralda Xorazm viloyati Xiva shahrida ziyolilar oilasida tug'ildi. Otasi Abdulla Otajonov va onasi Gavhar Matyoqubovalar far-zandlarining musiqaga qiziqishini sezib, musiqa maktabiga olib borishdi. Rustam Abdullayev o'rta ta'lim maktabida o'qib yurgan yillari, musiqa maktabiga qatnab, rubob chalishni o'rgandi. 1962-yil Hamza nomidagi Toshkent musiqa bilim yurtiga o'qishga kirdi. O'quv yurtida Rustam musiqiy qobiliyati, melmatkashligi bilan boshqalardan ajralib turar edi. O'quv yurtining nazariy bo'limida Rumil Vildanovdan kompozitorlik mutaxassisligidan saboq oldi. 1965-yili Toshkent Davlat konservatoriyasiga o'qishga kirib, taniqU kompozitorlar Rumil Vildanov va Boris Giyenkadan tahsil olib, 1972-yili fortepiano uchun konsert bilan muvaffaqiyatli bitirdi. Rustam Abdullayev konservatoriyada o'qib yurgan yillaridayoq iqtidorli kompozitor va mohir pioninochi sifatida tanila boshladi. Qozog'istonda o'tgan «0'zbekiston adabiyoti va san'ati» kunlarida qatnashib, o'zining fortepiano konsertini simfonik orkestr bilan ijro etdi va muvaffaqiyat qozondi. Shuningdek, Gruziyada, Moskva shahrida o'tkazilgan yirik anjumanlarda «Xirosima faryodi» va «Hijron» nomli asarlari bilan ishtirok etib, laureat unvoniga sazovor bo'ldi. R. Abdullayev 1974-yil Toshkent Davlat konservatoriyasi asissentura-stajirovka o'qishiga kirdi. Professor Boris Zeydmandan saboq oldi.

1976-yildan boshlab, Toshkent Davlat konservatoriyasida bastakorlik kafedrasida, 1995-yildan buyon O'zbekiston Bastakorlar uyushmasi raisi lavozimlarida ishlab kelmoqda. Rustam Abdullayev turli janrlarda qator musiqiy asarlar yaratdi. Bular orasida uchta yirik asari sahna yuzini ko'rib, shinavandalar olqishiga sazovor bo'ldi. Jumladan: «Sadoqat» nomli operasi, «Shoshma quyosh» nomli balet oratoriyasi va «Xiva ordeni» nomli operasi. Kompozitor R. Abdullayevning ijodida simfonik, vokal-simfonik, fortepiano musiqalari asosiy o'rin egallaydi. 3 ta simfonik poema, fortepiano uchun 10 ga yaqin asarlar shular jumlasidandir. U butun dunyo bo'yicha o'tkazilgan «Yosh kompozitorlar»ning ko'rik-tanlovlari va festivallarida ishtirok etib, ko'p marotaba I mukofot va laureatlik unvoniga sazovor bo'ldi. 20 ga yaqin davlatlarda asarlari ijro etilib, Respublika va Xalqaro ko'rik-tanlovlar laureate boiib, olqishlarga sazovor bo'lmoqda. O'zi ham kompozitor va ijrochi sifatida ishtirok etib, musiqa muxlislari e'tiborini qozonmoqda.

So'nggi yillar ichida Rustam Abdullayev romans va qo'shiq janrlarida barakaU ijod qilib kelmoqda. Uning qo'shiqlari xalq hofizlari, dutorchilar ansambli, estrada qo'shiqchilari ijrosida ommalashib ketmoqda. Bular: «To'ylaring muborak», «Turon turnalari», «Go'zal Vatanim», «Piyola» kabi asarlardir. O'zbekiston Teleradiokompaniyasi qoshidagi «Bulbulcha» bolalar xor jamoasi uchun mazmundor, jozibali qo'shiqlar yaratib kelmoqda. Jumladan: «01am gulga to'laversin», «Charxpalak», «Parvozdagi qushchalar», «Mustaqillik lolalarimiz», «Do'stlik qo'shig'i», «Shodlik va tinchlik», «Qoshiq-qoshiq», «Gullola» kabi juda ko'p qo'shiqlarni yaratdi.

Kompozitor Rustam Abdullayev O'zbekiston Respublikasi san'at arbobi faxriy unvoniga va Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo'ldi.

O'xshash maqola

Image 04

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, kompozitor Dilorom Omonullayeva O'zbekiston Bastakorlar uyushmasi safiga estrada qo'shiqlari va boshqa asarlari bilan kirib keldi. U o'zining ijodiy faoliyati bilan respublika musiqa san'atining rivojlanishiga samarah hissa qo'shib kelmoqda.

Dilorom Omonullayeva 1959-yil 1-oktabrda Toshkentda musiqachilar oilasida tug'ildi. Diloromning qalbiga ona allalari bilan birga musiqiy mo'jizalar kirib keldi. Qobiliyatli qizcha V. Uspenskiy nomidagi maxsus musiqa maktabida fortepiano sinfi bo'yicha o'qiy boshladi. 12 yoshida esa professor Boris Zeydman sinfida kompozitsiyadan ham qo'shimcha saboq oldi. Ilk asarlari orasida torli orkestr, urma cholg'ular va fortepiano uchun 5 qismli suitasini milliy simfonik orkestri ijro etdi va muvaffaqiyat qozondi.

So'ngi Yangiliklar

Image 05
Vokal asoslari (o'quv uslubiy qo'llanma)
«Vokal asoslari» o'quv uslubiy qo'llanmasidan shu soha mutaxassislari va umumta'lim maktablarining musiqa fani o'qituvchilari foydalanishlari mumkin.

Image 04
Zulfing
Xonandalik mezonlari turkumidan g'azallar tadbili ( O'quv-qo'llanma)
Image 05
Hip-hop musiqasi
Hip hop — 1970-yillar oxirida AQShda afroamerikanlar muhitida vujudga kelgan yoshlar submadaniyati. Unga oʻz musiqasi (u ham "hip hop" deb ataladi), oʻz soʻzlashuv uslubi, oʻz modasi
Image 06
Pop musiqasi
Pop — 1950-yillarda rock and rolldan kelib chiqqan keng tarqalgan musiqa stili. Pop soʻzi inglizcha „popular“ („mashhur“) soʻzidan kelib chiqqan.
Image 07
Rok musiqasi
Rok musiqa (ing . rock music — roknroll soʻzidan) — ommabop musiqa turi. 1950-yillarda AQShda tijoratkoʻngilochar sanʼatining yangi (roknroll) shakli sifatida yuzaga kelgan